Rahbar

Qalandarov Umidbek Ravshanbekovich

 

 Telefon: 62-228-51-15
 Qabul kunlari: Dushanba-Juma, 09-00 dan 17-00 gacha
 E-mail: info@xzantimon.uz

1985 yilda Yangiariq tumanida tug‘ilgan.
2002-2006 yillarda Urganch Davlat Universitetini (bakalavr), 2006-2008 yillarda Urganch Davlat Universitetining makroiqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan.
2008 yildan buyon Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tizimida turli lavozimlarni egallab kelgan.
2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
15.03.2019 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

Tashkilot rahbarining funktsiyalari
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
  • hududiy boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, qo‘mita va agentlikning qarorlari bilan boshqarmaga yuklangan vazifalar va funktsiyalar bajarilishini tashkil etish;
  • hududiy boshqarma faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kontseptsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
  • hududiy boshqarma faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga so‘zsiz erishishni ta'minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish va amalga oshirish;
  • qo‘mita, agentlik va joylardagi davlat hokimiyat organlari bo‘linmalari, shuningdek, tegishli boshqarmalar va idoralar bilan hududiy boshqarma faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish, qo‘mita va agentlikning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
  • qo‘mita raisi, agentlik direktori va viloyat hokimining topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
  • o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilash, hududiy boshqarmaning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning hududiy boshqarma faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun shaxsiy mas'uliyati darajalarini belgilash;
  • hududiy boshqarma faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy boshqarmaning, o‘z o‘rinbosarlarining va tarkibiy bo‘limlar ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta'minlash;
  • ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish;
  • hududiy boshqarma xodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
  • hududiy boshqarma tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarmaning kadrlar zahirasini shakllantirish;
  • bo‘lim (sektor) rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta'minlash;
  • o‘z o‘rinbosarlari va bo‘lim boshliqlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
  • hududiy boshqarma xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortishga doir masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish;
  • hududiy boshqarma xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta'minlash;
  • “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy boshqarmada korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
  • hududiy boshqarma ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta'minlash;
  • davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, muntazam ravishda shaxsan qabul qilish;
  • aholi va tadbirkorlik sub'ektlari bilan hamkorlik qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida hududiy boshqarma xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta'minlash;
  • davlat siriga kiritilgan ma'lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
  • davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, O‘zbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlarda hududiy boshqarma nomidan ishtirok etish;
  • hududiy boshqarma xodimlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
  • hududiy boshqarmalarning mansabdor shaxslari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;
  • byudjet mablag‘lari, byudjetdan tashqari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘rish.


O'rinbosar

Abdukarimov Dilshodbek Otabekovich O'rinbosar

 

 Telefon: 62-228-51-15
 Qabul kunlari: Dushanba-Juma, 09-00 dan 17-00 gacha
 E-mail: info@xzantimon.uz

1981 yilda Xiva shahrida tug‘ilgan.
1999-2003 yillarda Urganch Davlat Universitetida buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‘yicha (bakalavr) ta'lim olgan.
2005 yildan buyon Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tizimida turli lavozimlarni egallab kelgan.
18.03.2019 yildan 20.02.2020 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – “Tovar va moliya bozorlarini tahlil qilish, ustun mavqeni suiiste'mol qilish, til biriktirishlari va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish” bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan.
20.02.2020 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

Tashkilot rahbarining funktsiyalari
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
  • hududiy boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, qo‘mita va agentlikning qarorlari bilan boshqarmaga yuklangan vazifalar va funktsiyalar bajarilishini tashkil etish;
  • hududiy boshqarma faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kontseptsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
  • hududiy boshqarma faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga so‘zsiz erishishni ta'minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish va amalga oshirish;
  • qo‘mita, agentlik va joylardagi davlat hokimiyat organlari bo‘linmalari, shuningdek, tegishli boshqarmalar va idoralar bilan hududiy boshqarma faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish, qo‘mita va agentlikning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
  • qo‘mita raisi, agentlik direktori va viloyat hokimining topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
  • o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilash, hududiy boshqarmaning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning hududiy boshqarma faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun shaxsiy mas'uliyati darajalarini belgilash;
  • hududiy boshqarma faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy boshqarmaning, o‘z o‘rinbosarlarining va tarkibiy bo‘limlar ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta'minlash;
  • ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish;
  • hududiy boshqarma xodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
  • hududiy boshqarma tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarmaning kadrlar zahirasini shakllantirish;
  • bo‘lim (sektor) rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta'minlash;
  • o‘z o‘rinbosarlari va bo‘lim boshliqlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
  • hududiy boshqarma xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortishga doir masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish;
  • hududiy boshqarma xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta'minlash;
  • “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy boshqarmada korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
  • hududiy boshqarma ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta'minlash;
  • davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, muntazam ravishda shaxsan qabul qilish;
  • aholi va tadbirkorlik sub'ektlari bilan hamkorlik qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida hududiy boshqarma xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta'minlash;
  • davlat siriga kiritilgan ma'lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
  • davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, O‘zbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlarda hududiy boshqarma nomidan ishtirok etish;
  • hududiy boshqarma xodimlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
  • hududiy boshqarmalarning mansabdor shaxslari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;
  • byudjet mablag‘lari, byudjetdan tashqari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘rish.


O'rinbosar

Salimov Abdug'affor Jamolatdin o'g'li

 

 Telefon: 62-228-51-15
 Qabul kunlari: Dushanba-Juma, 09-00 dan 17-00 gacha
 E-mail: info@xzantimon.uz

1995 yilda Urganch shahrida tug‘ilgan.
2014-2018 yillarda Urganch Davlat Universitetida ta’lim olgan.
2018 yildan buyon Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tizimida turli lavozimlarni egallab kelgan.
18.03.2019 yildan 20.02.2020 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasining – Mahalliy hokimiyat organlari qarorining raqobat muhitiga ta’sirini baholash va nohalol raqobatga chek qo‘yish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.
20.02.2020 yildan buyon Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi – “Tovar va moliya bozorlarini tahlil qilish, ustun mavqeni suiiste’mol qilish, til biriktirishlari va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish” bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

Tashkilot rahbarining funktsiyalari
  • 1)O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
    2)hududiy boshqarma boshlig‘i vaqtincha bo‘lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
    3)bevosita o‘zi rahbarlik qiladigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ular xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
    4)bevosita o‘zi rahbarlik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rish, bo‘limlar va sektorlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish;
    5)bo‘lim (sektor) larning ish rejalarini tasdiqlash uchun rahbariyatga kiritish, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
    6)ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, ularning bajarilishi yuzasidan tarkibiy bo‘lim (sektor) rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
    7)O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash va ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish;
    8)qo‘mita va agentlik hay’ati qarorlari, qo‘mita raisi va agentlik direktorining buyruqlari va topshiriqlari, hamda hududiy boshqarma boshlig‘i buyruqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
    9)xodimlarni tanlash va joylashtirish bo‘yicha hududiy boshqarma boshlig‘iga takliflar kiritish;
    10)bevosita o‘zi rahbarlik qiladigan tarkibiy bo‘limlar (sektorlar) xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish;
    11)bevosita o‘zi rahbarlik qiladigan tarkibiy bo‘limlar (sektorlar) rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha hududiy boshqarma boshlig‘iga takliflar kiritish;
    12)bevosita o‘zi rahbarlik qiladigan tarkibiy bo‘limlar (sektorlar) xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini ta’minlash;
    13)davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish bo‘yicha hududiy boshqarma boshlig‘iga takliflar kiritish;
    14)O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
    15)jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish;
    16)huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni talablariga muvofiq korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish;
    17)davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.