О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qо‘mitasi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi 2019 yil 24 yanvardagi PQ-4126-sonli qarori, 2019 yil 11 sentabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institusional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-5817-sonli Farmoni, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 maydagi 402-sonli va 2019 yil 19 dekabrdagi 1015-sonli qarorlariga asosan hududiy boshqarma tomonidan о‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda va funksiyalarni bajarishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, qо‘mita va viloyat hokimligi topshiriqlari hamda ish reja asosida 2020 yil davomida (keyingi jumlalarda “hisobot davri” – deb yuritiladi):
I. Tovar va moliya bozorlarini tahlil qilish, ustun mavkeni suiiste’mol qilish, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarga qarshi kurashishbо‘yicha;
II. Mahalliy hokimiyat organlari qarorlarning raqobat muhitiga ta’sirini baholash va naholol raqobatga chek qо‘yish bо‘yicha;
III. Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish, narx va tariflarni va ularning qо‘llanilishini nazorat qilish bо‘yicha;
IV. Iste’molchilar huquqlarini ximoya qilish bо‘yicha;
V. Reklama faoliyatini tartibga solish bо‘yicha;
VI. Hududiy boshqarmaga yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini о‘rganish bо‘yicha;
VII. Ommaviy axborot vositalarida faoliyat natijalarini yoritish bо‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan:
- Tovar va moliya bozorlarini tahlil qilish, ustun mavkeni suiiste’mol qilish, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish bо‘yicha amalaga oshirilgan ishlar.
amalga oshirilgan ishlar xususida.
Hisobot davriga hududiy boshqarma tomonidan jami 17 ta tovar va moliya bozorlarida tahlil ishlari о‘tkazilgan. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qо‘mitasi, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda 27 tadan ortiq tovar va moliya bozorlarida о‘rganish ishlari amalga oshirilgan.
О‘rganishlar natijalari yuzasidan Qо‘mitaga va tegishli viloyatlar hududiy boshqarmalariga ma’lumotlar yuborilgan.
О‘tkazilgan tahlillar natijasida raqobat muhitini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlariga teng imkoniyatlar yaratish bо‘yicha takliflar Qо‘mitaga taqdim qilingan.
2.Tovar va moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xо‘jalik
yurituvchi subyektlar Davlat reyestri bо‘yicha.
Hisobot davriga tovar va moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xо‘jalik yurituvchi subyektlar Davlat reyestriga kiritilgan subyektlar soni 8 tani, mahsulot (ish, xizmat)lar soni esa 8 tani tashkil qildi.
1. Xorazm viloyati avtomobil yо‘llari hududiy bosh boshqarmasi
– issiq va sovuq asfalt beton ishlab chiqarish.
2. “О‘zbekekspertiza” AJ “Xorazmekspertiza” MCHJ shaklidagi SHXJ
– tovarlar kelib chiqishini sertifikatlash.
3. “Xorazmagrokimyohimoya” AJ
– mineral о‘g‘itlar va kimyoviy (defoliant) vositalarni yetkazib berish xizmati;
– agrokimyoviy xizmatlar.
4. “Urganch yog‘-moy” AJ
– iste’mol yog‘ini ishlab chiqarish va sotish.
5. “Xorazmdonmahsulotlari” AJ
– g‘allani quritish tozalash xizmati;
– urug‘lik g‘allani sotish;
– omuxta yem mahsulotini sotish.
6. “Xonqa don mahsulotlari” AJ
– g‘allani quritish tozalash xizmati;
– urug‘lik g‘allani sotish;
– omuxta yem mahsulotini sotish.
7. “Shovot don mahsulotlari” AJ
– g‘allani quritish tozalash xizmati;
– urug‘lik g‘allani sotish;
– omuxta yem mahsulotini sotish.
8. “Bog‘ot don” AJ
– g‘allani quritish tozalash xizmati;
– urug‘lik g‘allani sotish;
– omuxta yem mahsulotini sotish.
Joriy yilning davomida 4 ta korxona jami 7 ta mahsulot (ish, xizmat)lar turlari bо‘yicha tovar va moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xо‘jalik yurituvchi subyektlar Davlat reyestridan chiqarildi.
3. Ustun mavqeni suiiste’mol qilish, monopol va yuqori likvidli
mahsulotlarni birja va kimoshdi savdolariga qо‘yilishi xususida.
Hududiy boshqarma tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 noyabrdagi PQ-3386-sonli va 2019 yil 8 oktabrdagi PQ-4484-sonli qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli qarori
2-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizom talablari bajarilishini nazorat qilish hamda Qо‘mitaning 2020 yil 24 martdagi 36-P-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida hududiy boshqarmaning 2020 yil 27 martdagi 63-i/ch-sonli buyrug‘i qabul qilinib, chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.
Shuningdek, hududiy boshqarmaning asosiy ish rejasiga binoan, yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarning belgilangan grafik asosida savdolariga qо‘yilishi va sotilishi, birjada shakllangan о‘rtacha narxlardagi о‘zgarishlar, korxonalar tomonidan belgilangan grafiklarga rioya qilgan holda mahsulotlarni birja savdolariga qо‘yilib borilishi bо‘yicha doimiy ravishda tahlil ishlari о‘tkazilmoqda.Jumladan,Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xо‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan xо‘jalik yurituvchi subyektlar xususan, “О‘zyog‘moysanoat” uyushmasi tarkibidagi “Urganch yog‘-moy” AJ va “О‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi don korxonalaritomonidan birja savdolari orqali sotilgan mahsulotlar bо‘yicha kunlik ma’lumotlar qо‘mitaga taqdim qilib borilmoqda.
О‘tkazilgan о‘rganish va tahlillar davomida “О‘zdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalari tomonidan joriy yilning yanvar-iyul oylarida omuxta yem hamda arpa mahsulotlarini birja savdolarida tasdiqlangan kunlik grafiklardan kam hajmlarda qо‘yilganligi hamda umuman qо‘yilmaganligi holatlari kuzatildi.
Buning natijasida, ushbu davrlarda omuxta yem va arpa mahsulotlarining birja savdolarida tasdiqlangan kunlik grafiklar asosida qо‘yilmaganligi hamda kam hajmda qо‘yilganligi sababli birja savdolarida mahsulotlarning о‘rtacha narxlari keskin kо‘tarilib ketishi oqibatida “Xorazmdonmahsulotlari” AJ tomonidan – 782 870 sо‘m, “Shovot don mahsulotlari” AJ tomonidan – 2 026 850 sо‘m, “Xonka don maxsulotlari” AJ – 154 000 sо‘m va “Bog‘ot-Don” AJ tomonidan – 720 587 sо‘m miqdorida ortiqcha daromad olinganligi ma’lum bо‘ldi.
Yuqoridagi holatlar bо‘yicha hududiy boshqarma tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 28 oktabrdagi 239-son qarori bilan tasdiqlangan “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qо‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi tо‘g‘risida”gi Nizomning 6-bandi 8-xatboshi talablari buzilgan deb topilib, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktabrdagi 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan ish qо‘zg‘atildi va ortiqcha olingan mablag‘lar qо‘mitaning maxsus hisob raqamiga о‘tkazilishi tо‘g‘risida Kо‘rsatma berildi.
4. Tanlov (tender) savdolarini о‘tkazishda raqobatni cheklashga olib kelgan kelishib olingan harakatlar bо‘yicha.
Hududiy boshqarma xodimlari tomonidan viloyatda о‘tkazilgan jami 436 ta tanlov (tender) savdolari jarayonlarida ishtirok etilgan. Ushbu о‘tkazilgan tanlov (tender) lar davomida raqobatga qarshi harakatlarning oldi olingan. Jumladan, 1 ta lot bо‘yicha tanlov (tender) savdosi bekor qilinib qayta tanlov о‘tkazilishi belgilangan.
Hisobot davrida hududiy boshqarma tomonidan tanlov (tender) savdolarini о‘tkazish bilan bog‘liq jami 11 ta qonunbuzilish holatlari yuzasidan 8 ta Davlat buyurtmachilari hamda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PQ-3487-sonli qarori bilan tasdiqlangan strategik ahamiyatga ega bо‘lgan xо‘jalik jamiyatlari va korxonalarga nisbatan tegishli tartibda ish qо‘zg‘atilgan.
Shundan, 5 ta holatda buyurtmachilar tomonidan savdolar ishtirokchilarining faoliyati muvofiqlashtirilganligi aniqlangan.
Jumladan, Xiva shahar Halq ta’limi bо‘limi, Urganch tuman Halq ta’limi bо‘limi, Yangibozor tuman Halq ta’limi bо‘limi, “Ichan qal’a” Davlat muzey-qо‘riqxonasihamda Shovot tuman 2-son Bolalar va о‘smirlar sport maktabiga nisbatan О‘zbekiston Respublikasining “Raqobat tо‘g‘risida”gi qonunining
14-moddasi 3-xatboshi talablari buzilishi yuzasidan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktabrdagi 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan ish qо‘zg‘atilib, savdolarning tashkilotchilari va buyurtmachilariga qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish, kelgusida savdolar ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirishni qayta sodir etmaslik tо‘g‘risida muddatli Kо‘rsatma berilgan.
Shuningdek, О‘zbekiston Respublikasining “Raqobat tо‘g‘risida”gi qonunining 14-moddasi 2-qismiga asosan hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan berilgan Kо‘rsatmaga muvofiq tanlov (tender) savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarning buzilganligi sababli tanlov savdosining qarori va shu savdo natijalari bо‘yicha tuzilgan shartnoma ushbu Davlat buyurtmachilari tomonidan ixtiyoriy ravishda bekor qilinishi ta’minlangan.
II. “Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish, narx va tariflarni va ularning qо‘llanilishini nazorat qilish” bо‘yicha amalaga oshirilgan ishlar.
1. Tabiiy monopoliyalar.
Hududiy boshqarma tomonidan, О‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan 2010 yil 11 oktabrda 2147-son bilan rо‘yxatga olingan “Tabiiy monopoliya subyektlarining Davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi tо‘g‘risida”gi Nizom yuzasidan muntazam ravishda о‘rganish va tahlil ishlari о‘tkazilmoqda.
Hozirgi kunda viloyatda, jami quyidagi 5 ta tabiiy monopoliya subyektlari mavjud bо‘lib, ular 4 turdagi ish va xizmatlar kо‘rsatish bо‘yicha tabiiy monopoliya subyektlari davlat reyestri rо‘yxatiga kiritilgan.
1. “Xorazm issiqlik manbai” DUK - aholi va korxonalarga issiq suv va issiqlik energiyasi yetkazib berish xizmati;
2. “Xorazm suv ta’minoti” MCHJ - aholi va korxonalarga ichimlik suvi yetkazib berish hamda oqava suv xizmati;
3. “Temir yо‘l suvi” MCHJ - oqava suv xizmati;
4. “Xorazm Obi-Hayot” MCHJ - aholi va korxonalarga ichimlik suvi yetkazib berish;
5. “City Building Sales” MCHJ - aholi va korxonalarga ichimlik suvi yetkazib berish;
(Qо‘mitaning 2020 yil 28 sentabrdagi 93-P-sonli buyrug‘iga asosan, О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 11 oktabrda 2147-son bilan rо‘yxatga olingan “Tabiiy monopoliya subyektlarining reyestrini tuzish va yuritish tartibi tо‘g‘risida”gi Nizom talablariga hamda hududiy boshqarmaning 2020 yil
29 sentabrdagi 135 i/ch va 136 i/ch -sonli buyruqlariga muvofiq, “Urganch xalqaro aeroporti” MCHJ aeroport xizmatlari bо‘yicha Tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestri hududiy bо‘limidan chiqarildi va “Xorazm Suv Ta’minoti” MCHJ suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari bо‘yicha Tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestri hududiy bо‘limiga kiritildi).
Bundan tashqari, viloyat hududida aeroport xizmati kо‘rsatuvchi “Urganch xalqaro aeroporti” MCHJ, aholi, korxona va tashkilotlarga elektr enargiyasi yetkazib beruvchi “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda quvurlar orqali tabiiy gaz uzatish xizmatini kо‘rsatuvchi “Urganchtransgaz” UK, tabiiy gazni quvurlar orqali transportirovka qilish xizmatini kо‘rsatuvchi “Hududgaz Xorazm” MCHJ Respublika miqyosida tabiiy monopoliyalar davlat reyestriga kiritilgan.
Shuningdek. hisobot davrida о‘tkazilgan о‘rganishlar, tahlillar jarayonida, “City Building Sales” MCHJga Xorazm viloyati Yangiariq va Yangibozor tumanlari suv ta’minoti obyektlarini Davlat xususiy-sherikchilikshartlari asosida berilganligi hamda jamiyat tomonidan joriy yildan boshlab Yangiariq va Yangibozor tumanlari hududidagi aholi va korxonalarga ichimlik suvi yetkazib berayotganligi ma’lum bо‘ldi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, О‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan 2010 yil 11 oktabrda 2147-son bilan rо‘yxatga olingan “Tabiiy monopoliya subyektlarining Davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi tо‘g‘risida”gi Nizom talablariga hamda hududiy boshqarmaning 2020 yil 12 oktabrdagi 150 i/ch –sonli buyrug‘iga asosan “City Building Sales” MCHJ suv ta’minoti xizmati bо‘yicha Tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestri hududiy bо‘limiga kiritildi.
2. О‘tkazilgan о‘rganish va tahlillar.
Hududiy boshqarma tomonidan 2020 yil davomida monopoliyaga qarshi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan о‘tkazilgan о‘rganishlar natijasida jami 22 ta holatda qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Tahlil natijalari bо‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktabrdagi 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida 18 ta xо‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bо‘yicha muddatli kо‘rsatmalar berildi.(Maxsus komissiya tomonidan, 1 ta holatda ish qо‘zg‘atishni rad etish tо‘g‘risida hamda 3 ta holatda ishni kо‘rib chiqishni tugatish tо‘g‘risida Ajrim chiqarilgan.)
3. Monopoliyaga qarshi qonunchilik talablarini buzilishi
oqibatida aniqlangan asossiz daromadlar bо‘yicha.
1. Hududiy boshqarma tomonidan, Xorazm viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanserining hududiy gaz ta’minoti filiali hisoblagan qarzdorlikdan norozi bо‘lib kiritgan arizasi yuzasidan 6 925,3 ming sо‘m iste’molchi hisobidan ortiqcha olingan daromad summasi aniqlangan. Aniqlangan noqonuniy daromadlarni О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.10.2010 yil 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan xо‘jalik subyektlari tomonidan ixtiyoriy ravishda iste’molchilarga qaytarish va iste’molchisi aniqlanmagan holatda maxsus tranzit hisob raqamga о‘tkazish yuzasidan Xorazm viloyat hududiy gaz ta’minoti filialiga joriy yilning 14 fevral sanasida 06-07/02-sonli muddatli Kо‘rsatma berildi.
Xorazm viloyat hududiy gaz ta’minoti filiali tomonidan hududiy boshqarmaning yuqoridagi kо‘rsatma talablari ixtiyoriy bajarilmaganli sababli, О‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risida”gi Kodekisining 178-moddasiga asosan, javobgar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib tegishli tartibda sudga yuborildi.
2. О‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qо‘mitasi 2019 yil
2 apreldagi 150/04-21-sonli topshirig‘iga asosan, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari hamda 2018 yil 1 noyabrdagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich о‘zgartirish tо‘g‘risida”gi
897-sonli qarori talablariga rioya etilishi yuzasidan, “О‘ztransgaz” AJning Xorazm viloyati bо‘yicha hududiy gaz ta’minoti filiali tomonidan 2018 yil va 2019 yil
1-choragi davomida ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berishda hisoblangan tо‘lovlar va qо‘llanilgan tariflarning asosligi yuzasidan о‘rganish ishlari о‘tkazilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan о‘tkazilgan о‘rganish va tahlil jarayonida “О‘ztransgaz” AJning Xorazm viloyati bо‘yicha hududiy gaz ta’minoti filiali yangi narx (tarif) qо‘llanilishi natijasida 1413 ta holatda iste’molchilarga jami
10 866 347 700 sо‘m ortiqcha tо‘lov hisoblanganligi aniqlangan hamda 2019 yil
27 avgustda 05-11/22-sonli bajarilishi majburiy bо‘lgan Kо‘rsatma berilgan edi.
Hududiy boshqarmaning yuqoridagi Kо‘rsatma talablari ixtiyoriy bartaraf qilinmaganligi sababli Iqtisodiy sudga da’vo arizasi kiritilib, 2020 yil 23 iyun kuni “О‘ztransgaz” AJga 1413 ta iste’molchilardan ortiqcha undirilgan
10 866 347,7 ming sо‘mni qaytarish majburiyatini yuklash tо‘g‘risida Qaroqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy sudining 4-2201-2002/199-sonli Ijro varaqasi chiqarilishiga erishildi hamda Majburiy ijro Toshkent shahar boshqarmasiga 2020 yil 24 avgustda 1285/01-11-sonli yozishma orqali yuqoridagi ijro varaqasini ijro ishi yuritish uchun yuborildi.
3. Hududiy boshqarma tomonidan, “Akbar Business Profit” MCHJning hududiy gaz ta’minoti filiali hisoblagan qarzdorlikdan norozi bо‘lib kiritgan arizasi yuzasidan, iste’molchiga nisbatan 84 967,7 ming sо‘mlik tabiiy gaz haqi notо‘g‘ri yuklatilganligi aniqlangan. Ushbu oshiqcha olingan mablag‘ni О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.10.2010 yildagi 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan iste’molchiga qaytarish yuzasidan “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filialiga joriy yilning 8 sentabr sanasida 06-07/15-sonli muddatli Kо‘rsatma berildi hamda yuqorida kо‘rib chiqilgan ish bо‘yicha tо‘plangan materiallar huquqiy baho berish uchun Xorazm viloyat prokuraturasiga yuborildi.
Shuningdek, “Akbar Business Profit” MCHJ tomonidan “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali xisoblagan qarzdorlikdan norozi bо‘lib Urganch tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi yuzasidan kо‘rib chiqilgan ishda qatnashib, iste’molchining qonuniy huquqi himoya qilinishiga erishildi.
4. Oldingi yillarda undirishga qо‘yilgan 527 038,8 ming sо‘m mablag‘lardan jami 160645,9 ming sо‘m, shundan hisobot davrida 21656,0 ming sо‘m tegishli hisob raqamlarga undirildi.
III.“Mahalliy hokimiyat organlari qarorlarining raqobat muhitiga ta’sirini baholash va naholol raqobatga chek qо‘yish” bо‘yicha amalaga oshirilgan ishlar.
1. Qonun hujjatlarini raqobatga ta’sirini baholash bо‘yicha.
О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2019 yil 19 aprelda 3155-son bilan rо‘yxatga oligan Qonun hujjatlarini raqobatga ta’sirini baholash Metodikasiga asosan hududiy boshqarma tomonidan, regulation.gov.uz sayti orqali joylashtirilgan viloyat boshqaruv organlari va mahalliy hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini raqobat muhitiga ta’sirini baholash bо‘yicha о‘rganish ishlari о‘tkazilib, tegishli tartibda xulosalar rasmiylashtilgan.
Jumladan, hisobot davrida hududiy boshqarma tomonidan 12 ta shahar va tumanlar hokimlarining “Transport vositalarini majburiy texnik kо‘rikdan о‘tkazish tо‘g‘risida”gi qarorlari loyihalari о‘rganilib, qabul qilinishining raqobat muhitiga ta’siri baholangan.
Ushbu qaror loyihalarini raqobat muhitiga ta’sirini о‘rganish jarayonida ayrim tuman va shahar hokimliklari tomonidan transport vositalarini texnik kо‘rikdan о‘tkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibiga alohida bir sug‘urta tashkiloti yoki kо‘rikdan о‘tkazish huquqiga ega alohida korxonalar kiritilganligi kuzatildi.
Ushbu holatlar О‘zbekiston Respublikasining “Raqobat tо‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi talablariga zidligi sababli komissiya tarkibidan xо‘jalik yurituvchi subyektlarni ya’ni alohida bir sug‘urta tashkiloti yoki kо‘rikdan о‘tkazish huquqiga ega alohida korxonalarni chiqarib tashlash, komissiya a’zolarining vazifalarini aniq belgilash hamda qaror loyihasini qayta kо‘rib chiqish lozimligi yuzasidan xulosalar rasmiylashtirilib tegishli hokimliklarga yuborildi.
Shuningdek, hududiy boshqarma tomonidan qonun hujjatlarini raqobatga ta’sirini baholash yuzasidan regulation.gov.uz sayti orqali joylashtirilgan viloyat boshqaruv organlari va mahalliy hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini raqobat muhitiga ta’sirini baholash bо‘yicha muntazam ravishda о‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
2. Nohalolraqobatgachekqо‘yishbо‘yicha.
Hududiy boshqarmaga hisobot davrida nohalol raqobatga chek qо‘yish bо‘yicha jismoniy va yuridik shaxslardan jami 8 ta (shundan, 2 ta murojaat bitta holat bо‘yicha) murojaatlar kelib tushgan. Jumladan,
– Qо‘mita tomonidan – 2 ta;
– Prokuratura organlari tomonidan – 3 ta;
– Hududiy boshqarmaning о‘ziga – 3 ta murojaat kelib tushgan.
Murojaatlarni о‘rganish davomida Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan tegishli tartibda xulosalar olingan.
Murojaatlarni о‘rganish natijalariga kо‘ra, 5 ta xо‘jalik yurituvchi subyektning murojaati yuzasidan tushintirish berilgan va 2 ta murojaat yuzasidan xо‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan ish qо‘zg‘atilib, muddatli Kо‘rsatma berilgan.
Shuningdek, 1 ta holatda Kо‘rsatma talablari bajarilmaganligi uchun Ma’muriy huquqbuzarlik tо‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.
3. Qо‘mita topshiriqlari bо‘yicha.
Qо‘mitaning 2020 yil 18 dekabrdagi 1674/04-21-sonli topshirig‘i yuzasidan.
Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini tо‘xtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash xizmatlari bozorida о‘rganish ishlari о‘tkazildi.
О‘rganish ishlari, qо‘mita tomonidan taqdim qilingan savolnomaga asosan, davlat soliq boshqarmasi, viloyat statistika boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari va qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini tо‘xtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash xizmatlarini kо‘rsatuvchi xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan olingan ma’lumotlarga asosan о‘tkazildi.
О‘rganish davomida, viloyat hududida transport vositalarini qonun hujjatlari buzilganligi uchun vaqtinchalik maydonlarda saqlash bо‘yicha xizmatlarni kо‘rsatuvchi 11 ta shahar va tumanlarda 13 ta (Urganch shahrida 3 ta, Xiva shahrida va tumanida 1 ta, Hazorasp tumanida 1 ta, Bog‘ot tumanida 1 ta, Xonqa tumanida 1 ta, Yangiariq tumanida 1 ta, Shovot tumanida 1 ta, Qо‘shkо‘pir tumanida 1 ta, Gurlan tumanida 1 ta va Tuproqqal’a tumanida 1 ta) xо‘jalik yurituvchi subyektlar mavjudligi ma’lum bо‘ldi.
Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlarini kо‘rsatuvchi 12 ta xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar bо‘yicha о‘rganishlar olib borildi.
2011-2020 yillarda qonun hujjatlari buzgan xaydovchilarning transport vositalarini saqlash xizmati bо‘yicha о‘tkazilgan tanlovlar tо‘g‘risida ma’lumot.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 maydagi “Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini tо‘xtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibini takomillashtirish tо‘g‘risida”gi 149-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati hokimligining 2011 yil 31 mayda 126q-sonli qarori qabul qilingan va maxsus komissiya tashkil qilingan.
Hazorasp tumani, Bog‘ot tumani, Xonqa tumani, Yangiariq tumani, Xiva tumani, Qо‘shkо‘pir tumani, Shovot tumani, Gurlan tumani hamda Yangibozor tumanlarida 1 tadan qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini tо‘xtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash xizmatlarini kо‘rsatish bо‘yicha “Xorazm haqiqati” gazetasining 2017 yil
8 fevraldagi 11-sonida tanlov о‘tkazilishi bо‘yicha e’lon berilgan.
Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini tо‘xtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash xizmatlarini kо‘rsatish bо‘yicha yuridik shaxslar tanlovini о‘tkazish bо‘yicha viloyat komissiyasining 2017 yil 11 martdagi 1-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan, tanlov о‘tkazilgan.
О‘tkazilgan tenderda, tenderga qо‘yilgan 9 ta transport vositalarini tо‘xtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash xizmatlarini kо‘rsatish joylaridan, Gurlan tuman bо‘yicha 2 ta talabgor ishtirok qilgan va “Gurlansuvqurilish” unitar korxonasi tender g‘olibi deb e’lon qilingan va 2017 yilning 28 mart sanasida 1-sonli shartnoma imzolangan.
Bundan tashqari, maxsus komissiyaning 2017 yil 9 noyabrdagi 512-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan, Urganch shahar hududidan 2 ta, Xonqa tuman hududidan 2 ta talabgor ishtirok qilgan va Urganch shahar hududidan “Urganch kapital ta’mir montaj” MCHJ, Xonqa tuman hududidan “Namuna trans” oilaviy korxonalari tender g‘olibi deb e’lon qilingan hamda shartnomalar imzolangan.
Qо‘mitaning 2020 yil 24 iyundagi 893/04-22-sonli topshirig‘i:
Hududiy boshqarma tomonidan qо‘mitaning mazkur topshirig‘iga asosan birja savdolari orqali xarid qilingan avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isini yuklab jо‘natishda “Urganch neft bazasi” MCHJ tomonidan asossiz undirilgan ortiqcha tо‘lovlarni xaridorlarga qaytarilishi bо‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 apreldagi PQ-4664-sonli qarorining 9-bandiga asosan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2020 yil 1 maydagi yig‘ilish bayoni bilan neft mahsulotlari va uglevodorodlarni neft bazalarining bо‘sh sig‘imlarida saqlash (quyish va tо‘kish hisobga olingan) bо‘yicha xizmatlar kо‘rsatish uchun tariflar belgilangan.
Neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan “О‘zRTXB” AJ birja savdolarida avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isini sotish bо‘yicha shartnomalarning alohida shartlarida neft bazalarining mahsulotni yuklab jо‘natish bо‘yicha xarajatlari alohida tо‘lov hisob varag‘iga muvofiq neft bazalarining hisob raqamiga tо‘lab berilishi kо‘rsatilgan va bu “Urganch neft bazasi” MCHJ tomonidan tasdiqlangan tariflardan ortiqcha tо‘lovlar undirilishiga sabab bо‘lgan.
Jumladan, 2020 yil 29 may kunidan “Buxoro NQIZ” MCHJ tomonidan “О‘zRTXB” AJ birja savdolarida avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isini sotish bо‘yicha shartnoma shartlariga о‘zgartirish kiritilib, alohida shartlar bandida neft bazalarining mahsulotni yuklab jо‘natish bо‘yicha xarajatlari tovar narxiga kiritilganligi kо‘rsatilgan bо‘lsada, “Urganch neft bazasi” MCHJ tomonidan joriy yilning iyun oyida birja savdolari orqali xarid qilingan avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isini yuklab jо‘natish bо‘yicha jami 8 ta holatda xо‘jalik yurituvchi subyektlardan asossiz ravishda 17 495 455,58 sо‘m miqdoridagi mablag‘lar undirilganligi kuzatildi va ushbu mablag‘lar xaridorlarga qaytarilishi ta’minlandi.
Qо‘mitaning 2020 yil 5 oktabrdagi 652/03-15-sonli topshirig‘i:
Hududiy boshqarma tomonidan, ichki bozordagi asosiy turdagi iste’mol tovarlarining chakana narxlari doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda.
Bugungi kunda Respublikamiz hududida epidemiologik vaziyat davrida, bozor savdo nuqtalarida, yirik savdo majmualarida va dо‘konlarda iste’mol tovarlarining ayrim turlari narxlarida keskin oshishi kuzatilmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda Qо‘mitaning mazkur topshirig‘iga asosan hududiy boshqarma tomonidan viloyat hududida joylashgan bozorlarda, yirik savdo majmualarida va dо‘konlarda iste’mol tovarlarning narxlariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, shuningdek ularning sun’iy oshishiga olib kelishi mumkin bо‘lgan xо‘jalik yurituvchi subyektlarning kelishib olingan harakatlari va kelishuvlari alomatlarini aniqlash bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 20 avgustdagi 230-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlar va bitimlarni aniqlash tartibi tо‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq tahliliy о‘rganishlar о‘tkazildi.
О‘tkazilgan о‘rganishlar natijasida ayrim iste’mol tovarlari narxlarining oshishi sabablari quyidagilar bilan bog‘liq bо‘lganligi kuzatildi:
Oliy navli va birinchi navli import qilingan un mahsuloti bо‘yicha:
Koronavirus pandemiyasi ta’sirida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun bir qator davlatlar eng zarur mahsulotlar eksportini chekladi hamda butun dunyo bо‘ylab oziq-ovqat mahsulotlariga talab oshishi natijasida narx-navoning о‘sishi kuzatildi. Shu jumladan, un mahsulotining narxlarida ham о‘sish kuzatildi.
Mamlakatimizga import qilinayotgan un mahsuloti asosan Qozog‘iston Respublikasidan kirib keladi.
Un mahsulotining narxining shakllanishida g‘allaning narxi asosiy omil hisoblanadi.
Hisob kitoblarga kо‘ra, Qozog‘istonda 2019 yilda oldingi yilga nisbatan
2–4 million tonna kam g‘alla hosili olingan. Shuningdek, koronavirus pandemiyasi davrida kо‘plab mamlakatlardagi kabi karantin sharoitidan kelib chiqqan holda Qozog‘iston Respublikasida ham savdo cheklandi.
Bu un mahsulotining narxlarini oshishida о‘z ta’sirini kо‘rsatgan. Shuningdek, mamlakatimizda karantin davrida un mahsulotiga bо‘lgan talab ortgan va “vaqtinchalik tartib”ga asosan aholiga yetkazib berilayotgan un mahsuloti aholini un mahsulotiga bо‘lgan ehtiyojini tо‘liq qondirilishiga yetmayotganligi natijasida malakatimiz ichki bozorlarida 1 kg. import unining bahosi yil boshiga nisbatan 20 foizgacha kо‘tarilgan.
Xalqaro g‘alla kengashining taxminlariga kо‘ra, joriy yilda dunyoda bug‘doy yetishtirish 763,3 million tonnani tashkil etadi (2019 yilda 762,2 million tonna), shu jumladan Qozog‘iston 12,4 million tonna bug‘doy yetishtiradi (2019 yilda 11,5 million tonna) (manba: https://www.inform.kz/oz/kozogiston-galla-eksportini-oshiradi_a3697476 elektron manzili).
Joriy yilda Qozog‘istonda g‘alla hosilining hajmi yuqoriligi sababli bug‘doy va bug‘doy uni Markaziy Osiyo va Afg‘oniston bozorlariga eksport qilinishi rejalashtirilgan.
Bu yaqin kunlarda ichki bozorda un mahsulotining narxlari barqarorlashishiga sabab bо‘lishi mumkin.
Qо‘mitaning 2020 yil 2 noyabrdagi 1418/04-21-sonli topshirig‘i yuzasidan.
Qо‘mitaning yuqoridagi topshirig‘iga asosan, о‘simlik moyini ishlab chiqarish, import qilinishi bozorida о‘rganish ishlari о‘tkazildi va quyidagilar ma’lum bо‘ldi.
Viloyat bojxona boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga asosan, joriy yilning yanvar-oktabr oylari davomida viloyat hududiga 3 ta xо‘jalik yurituvchi (“Inter trade Xazorasp” MCHJ, “Region foods” MCHJ, “Nobel Trade import” MCHJ) subyektlar tomonidan о‘simlik moyi mahsulotlari import qilinib olib keltirilganligi kuzatildi.
Bundan tashqari, viloyat hududida kungaboqar donini import qilib olib kelgan holda о‘simlik moyi mahsulotini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirayotgan subyektlar mavjud emasligi va о‘simlik moyi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyekt sifatida 2 ta xо‘jalik yurituvchi subyeklar, ya’ni “Oasis's dream” MCHJ (bugungi kunda ishlab chiqarish dastgohlarini chet eldan olib kelish ishlari olib borilmoqda) “Jannatmakon agrofirmasi” MCHJ (chet eldan datgohlar olib kelingan va bugungi kunda bino inshootlarning qurilish montaj ishlari olib borilmoqda) rо‘yxatdan о‘tkazilganligi ma’lum bо‘ldi.
Shuningdek, xо‘jalik yurituvchi subyektlardan olingan ma’lumotlarga asosan 2019 yil hamda 2020 yil 1 noyabrga qadar viloyat hududiga о‘simlik moyi mahsuloti import qilinib olib kelingan xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan olingan ma’lumotlar qо‘mitaga taqdim qilingan.
Qо‘mitaning 2020 yil 29 sentabrdagi 640/03-16-sonli topshirig‘i yuzasidan:
О‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qо‘mitasining yuqoridagi topshirig‘iga asosan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 maydagi “Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-4341-sonli qorori talablariga asosan “О‘zpaxtasanoat” AJ tarkibiga kiruvchi tikuv-trikotaj korxonalari qurilishida loyiha va pudratchi korxonalarni tanlash jarayonini qonuniyligi yuzasidan о‘rganish ishlari о‘tkazildi.
“Xorazm baraka chevarlari” MCHJdan olingan ma’lumotlarga asosan, viloyat hududidagi 6 ta tumanlarda (Shovot tumani, Yangiariq tumani, Qushkо‘pir tumani, Xiva tumani, Yangibozor tumani, Tuproqqala tumani)tikuv-trikotaj majmualarini qurilishi rejalashtirilgan. Shundan, 5 tasi (Shovot tumani, Yangiariq tumani, Tuproqqala tumani, Xiva tumani va Yangibozor tumani)da qurilish ishlarini amalga oshiruvchi pudratchi korxonalarni tanlash uchun 2019 yil 19 aprelda tanlov savdolari о‘tkazilgan va tanlov natijalari bо‘yicha
1-sonli bayonnoma bilan rasmiylashtirilgan.
О‘tkazilgan tanlov savdolarida “Mironkо‘l fayz xosil” MCHJ tomonidan taqdim qilingan takliflarga asosan, har bitta tumandagi majmuani qurilishi uchun 935 407 029 sо‘m, qurilish muddati 60 kun, “Chig‘atoqqala qurilish mantaj” MCHJ tomonidan taqdim qilingan takliflarga asosan, majmuani qurilishi uchun 955 000 000 sо‘m, qurilish muddati 70 kun va “Istiroxat qurilish” MCHJ tomonidan taqdim qilingan takliflarga asosan, majmuani qurilishi uchun 945 000 000 sо‘m, qurilish muddati 65 kun takliflari bilan ishtirok qilgan va “Mironkо‘l fayz xosil” MCHJ tanlov g‘olibi deb e’lon qilingan.
Bundan tashqari, Qushkо‘pir tumanidagi majmuani qurilishi uchun 2019 yil 10 iyunda о‘tkazilgan tanlov natijalari bо‘yicha 11-sonli bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bayonnomaga asosan, tanlovda 3 ta ishtirokchi jumladan, “Komplekt effekt stroy” xususiy firmasi – 1 820 mln.sо‘m, “Xо‘jaliklararo avtokorxona” MCHJ – 1 700 mln.sо‘m, “Shtamp va presforma mahsulotlari” MCHJ – 1 600 mln.sо‘m takliflari bilan ishtirok qilgan va tanlovda “Shtamp va presforma mahsulotlari” MCHJ g‘olib deb topilgan.
Tashkil etilgan tikuv-trikotaj majmualarini qisqa muddatlarda ishga tushirilishini ta’minlash maqsadida, “О‘zpaxtasanoat” AJ tarkibidagi “Xorazm baraka chevarlari” MCHJ tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 maydagi PQ-4341-sonli qarorining 5-bandiga asosan loyihani amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarini tanlash tanlov о‘tkazilmasdan tuman hokimliklarining kafolat xati asosida amalga oshirilgan
IV. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bо‘yicha amalga oshirilgan ishlar bо‘yicha
Hududiy boshqarma tomonidan hisobot davrida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali 238 marta chiqishlar, shundan
27 marta televideniyada, 8 marta respublika va viloyat radiolarida, 26 marta gazetalarda, 137 marta ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar qilindi. О‘tkaziladigan tadbirlar seminarlar va boshqa tadbirlar uchun 12 marta telekanallar orqali e’lonlar berildi. Shuningdek iste’molchilarni huquqlarini himoya qilish va reklama tо‘g‘risidagi qonuni va qonunosti hujjatlarini targ‘ib qilish maqsadida 28 marta о‘quv amaliy seminarlari о‘tkazildi.
Agentlikning 28.02.2020 yildagi 19-ich sonli buyrug‘i ijrosi
bо‘yicha batafsil ma’lumot
Agentlikning 28.02.2020 yildagi 19-i/ch-sonli buyrug‘iga asosan, hududiy boshqarma tomonidan 04.03.2020 yilda 42-i/ch-sonli buyruq qabul qilindi va amalga oshirilishi lozim bо‘lgan ishlar yuzasidan chora tadbirlar belgilab olindi.
Jumladan, umumta’lim maktablarida sog‘lom ovqatlanish targ‘ibotini kuchaytirish, о‘quvchilarni sog‘lom turmush tarzi, sanitariya qoidalari, normalari va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish yuzasidan hududiy boshqarma tashabbusi bilan, Halq ta’limi boshqarmasi, Sog‘likni saqlash boshqarmasi, viloyat Sanitariya osoyishtalik markazi, “О‘zstandart” agentligi viloyat bо‘limi vakillari ishtirokida “Bola salomatligi – tо‘g‘ri ovqatlanishga bog‘liq”, “Sog‘lom tanda – sog‘lom aql” mavzularida hamda agentlik va Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda tasdiqlangan qо‘shma topshiriq bо‘yicha “Sifat tanlovi – sog‘lom ovqatlanish garovi” mavzusida seminarlar va davra suhbatlari о‘tkazildi.
Shuningdek, hududiy boshqarma tomonidan 15-mart – Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuniga bag‘ishlab, savdo, kommunal, tibbiy xizmat kо‘rsatish sohalari obe’tlarida iste’molchilarga kо‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, yaratilgan sharoitlar bо‘yicha yilning 12 mart kuni Press-tur о‘tkazildi.
О‘tkazilgan press turni viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, Uy-joy kommunal xizmat kо‘rsatish boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda, “Urganch dehqon bozori” AJ, “Hududgaz Xorazm” MCHJ, “Tuyamuyin Urganch” MSQFB, “Toza hudud” DUK, “Dori-darmon” AJ hamda viloyat kо‘p tarmoqli tibbiyot markazida Press-tur о‘tkazildi. Press-tur davomida iste’molchilarga yaratilgan sharoitlar, kо‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va holati, dori vositalarini sotish, saqlash, tayyorlash, utilizatsiya qilishga qо‘yilgan talablar, aholiga pullik tibbiy xizmat kо‘rsatish holati, pullik va bepul xizmat turlari, qо‘shimcha servis xizmatlar kо‘rsatilishi bо‘yicha soha mutaxassislari tomonidan axborotlar berildi.
- Aholini iste’molchi sifatida huquq va madaniyatini takomillashtirish, ularni bilimi, savodxonligini oshirish borasida, 15 mart - Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuniga bag‘ishlangan keng qamrovli ma’rifiy ishlarni yuqori saviyada о‘tkazish maqsadida, hududiy boshqarma binosida barcha iste’molchilar, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik uchun “OCHIK ESHIKLAR KUNI” ma’rifiy amaliy tadbirlarni о‘tkazildi. Tadbir uchun prezentatsiyalar va video roliklar tayyorlandi va ommaviy axborot vositalari vakillarini hududiy boshqarma tomonidan iste’molchilarni huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirildi.
Bundan tashqari, ushbu yо‘nalish bо‘yicha belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuniga bag‘ishlangan keng qamrovli ma’rifiy ishlarni yuqori saviyada о‘tkazish maqsadida, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablari о‘quvchilari о‘rtasida “Siz о‘z xuquqlaringizni bilasizmi” mavzusida ijtimoiy videoroliklar tayyorlash bо‘yicha kо‘rik tanlov о‘tkazildi. Kо‘rik tanlov ijtimoiy tarmoqlarga tarqatildi va internet foydalanuvchilari tomonidan baholandi.
Kо‘rik tanlovda 1-о‘rinni 30-sonli umumta’lim maktab, 2-о‘rinni
29-sonli umumta’lim maktab, 3-о‘rinni 22-sonli umumta’lim maktablari egalladilar. Tanlovda g‘olib bо‘lgan umumta’lim maktablari hududiy boshqarmaning faxriy yorlig‘i va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Agentlikning 2020 yil 11 iyundagi 01-04/1360- sonli topshirig‘i yuzasidan
Hududiy boshqarma tomonidan, viloyat hududida faoliyat kо‘rsatayotgan chakana savdo obyektlariga, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan Chakana savdo qoidalarining 20-bandiga muvofiq, sotuvchi-xodim tovarning nomi, uning sorti, markasi, modeli, tipi, tovarning og‘irligi, о‘lchami yoki birligiga narxi kо‘rsatilgan holda sotiladigan tovarlarning yagona namunadagi va aniq rasmiylashtirilgan narxnomalari bо‘lishini ta’minlash, 190-bandiga asosan, tovarlarda narxnomalar bо‘lmaganda yoki atayin notо‘g‘ri rasmiylashtirilgan narxnomalar qо‘yilishi qonun buzilishi hisoblanishi, shuningdek Chaqana savdo qoidalarining 40-bandiga muvofiq, oziq-ovqat tovarlarini vitrinada quyosh nurlari va yog‘ingarchiliklarning tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ta’siriga uchraydigan holatlarda, shuningdek tovarlarni yonma-yon saqlash tartibi buzilgan holda saqlashga va joylashtirishga yо‘l qо‘yilmasligi tо‘g‘risida 130 ta tadbirkorlik subyetlarida monitoring ishlari olib borib 105 ta tadbirkorlik subyektlarida narx navolarning joylashtirilishi, hamda 4 ta tadbirkorlik subyektlarida tovarlarning yonma-yon saqlash qoidalariga amal qilinishi yuzasidan ogoxlantirildi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2017 yil 12 dekabr kuni о‘tkazilgan yig‘ilish bayoni 5-sonli ilovasi bilan tasdiqlangan “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan xarid qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari xarid narxlarining eng yuqori chegarasini belgilash tartibi tо‘g‘risida”gi Nizom asosidagi vazifalar ijrosi yuzasidan, hududiy boshqarma tomonidan viloyat hududlaridagi joylashgan turg‘un savdo shoxobchalarida, ishlab chiqaruvchi subyektlarda sotilayotgan 108 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining eng yuqori chakana narxlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar tuman shaharlar kesimida о‘rganilib, xar oy yakuni bilan viloyat hokimligiga hamda viloyat G‘anzachilik boshqarmasiga taqdim etilib borilmoqda.
Bundan tashqari, Shovot tumani ichki bozorida va shu tumanga chegaradosh bо‘lgan Turkmaniston Respublikasi Dashoguz shahrida sotilayotgan asosiy turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining chakana narxlari kuzatuv yо‘li orqali о‘rganilib, har oyining 30-sanasiga qadar о‘tkazilgan monitoring natijalari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar о‘rganilib, agentlikka taqdim qilib borilmoqda.
Agentlikning 2020 yil 17 apreldagi 942/01-07- sonli
topshirig‘i yuzasidan
Hududiy boshqarma tomonidan, viloyatdagi bozorlar, savdo dо‘konlari va dorixonalarda tibbiy himoya niqoblari mavjudligi va chakana narxlari yuzasidan hamda viloyat hududida faoliyat kо‘rsatayotgan tibbiy himoya niqoblari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar doimiy ravishda tahlil qilinib, ma’lumotlar agentlikka taqdim qilib borilmoqda.
Agentlikning 2020 yil 9 yanvardagi 63/01-08-sonli topshirig‘i yuzasidan
Bozorlar va savdo majmualarida “Iste’molchi burchagi” tashkil kilish
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 dekabrdagi “Konstitusiya va qonun ustuvorligini taminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-4551-son qarori bilan tasdiqlangan “Konstitusiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bо‘limidagi 14.3-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, xududda faoliyat yurituvchi bozorlar va savdo komplekslarida “Iste’molchi burchagi»ni tashkil qilinishi va bunda sifatsiz (shu jumladan sertifikati bо‘lmagan, muddati о‘tgan, saqlash sharoitiga amal qilmagan) tovarlar bо‘yicha mutasaddi organlarning ishonch telefonlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirildi.
Agentlikning 2020 yil 18 sentabrdagi 01-04/2388-sonli topshirig‘i yuzasidan
Hududiy boshqarma tomonidan internet-dо‘konlarning amaldagi qonun hujjatlariga, xususan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 iyundagi
185-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalariga rioya etilishi bо‘ycha о‘rganish ishlari olib borildi.
О‘rganishlar natijasida internet-dо‘konlar orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnoma asosida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari aniqlanmadi. Qо‘shimcha о‘rganishlar natijasida viloyatdagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan о‘z faoliyatlarini amalga oshirishda Internet dо‘kon (telegram kanal)lar orqali sotishni yо‘lga qо‘yganligi ma’lum bо‘ldi. Ushbu telegram kanallarda tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisini amalga oshirishda konunchilik talablariga tо‘g‘riligi yuzasidan о‘rganishlar olib borilmoqda.
Agentlikning 2020 yil 27 oktabrdagi 01-04/3090-sonli topshirig‘i yuzasidan
О‘zbekiston Respublikasining “О‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan maxsus komissiya”ning 2020 yil 24 iyuldagi 37-sonli bayoni 9-bandi ijrosi hamda fuqarolar murojaatlarini shuningdek monitoring natijalarini inobatga olib, viloyatda faoliyat kо‘rsatayotgan 11 ta farmatsevtika faoliyatini kо‘rsatuvchi xо‘jalik yurituvchi subyektlarda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bо‘yicha vakilini habardor qilish tartibida nazorat tekshiruvi о‘tkazildi.
О‘tkazilgan tekshirishlarda, ushbu subyektlar tomonidan 5 ta holatda, О‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish tо‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasi talablari, 11 ta holatda Qonunning
6, 9-moddasi talablari, 10 ta holatda 11-modda talablari, 6 ta holatda “Reklama tо‘g‘risida”gi Qonuni 20-moddasi talablari, 5 ta holatda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-2647-sonli Qarori va Vazirlar Mahkamasining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga rioya qilinmaslik holatlari aniqlandi.
Shu sababli, ushbu subyektlarga nisbatan hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan ish qо‘zg‘atilib, yо‘l qо‘yilgan qonunbuzilishlarni bartaraf qilish va qayta takrorlamaslik yuzasidan muddatli Kо‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, yaroqlilik muddati о‘tgan, ishlab chiqarish sanasi kо‘rsatilmagan dori vositalari realizatsiya qilinayotganligi sababli, 9 ta dorixonalar mansabdor shaxslariga ma’muriy choralar kо‘rilishi belgilandi.
Bundan tashqari, barcha dorixonalarda о‘tkazilgan tekshirish natijasida aniqlangan kamchiliklar bо‘yicha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Xorazm viloyat hududiy bо‘linmasi vakolat doirasida chora kо‘rish uchun ma’lumotlar berildi.
Hududiy boshqarma tomonidan о‘tkazilgan tekshirish natijalari bо‘yicha ma’lumotlar Agentlikka taqdim qilib borilmoqda.
Hududiy boshqarma tomonidan 27 noyabr kuni tashkil qilingan amaliy seminar yuzasidan
Hududiy boshqarma tomonidan 2020 yil 27 noyabr kuni Xorazm viloyati viloyat Sog‘liqni-saqlash boshqarmasida Dori-darmonlar vositalari va tibbiyot buyumlarining narx-navosi, iste’molchilarga kо‘rsatilayotgan xizmatlar sanitariya-gigiyena talablariga mosligi va yaroqlilik muddati tugagan dori vositalari va tibbiy buyumlar utilizayiya qilish tartib tо‘g‘rida mutassaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ulgirji va chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subektlarida iste’molchilarning hufuqlari davlat tomonidan himoya qilinishi tadbirkorlik subyektlarida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bir qator tegishli choralar kо‘rilayotganligi yuzasidan amaliy seminar tashkil qilindi.
Amaliy seminarda viloyat farmatsevtika agentligi hududiy bо‘linmasi, viloyat ekologiya boshqarmasi va davlat sanitariya epidemiologiya va jamoat salomatligi xizmati viloyat boshqarmasi va “Xorazm dori-darmon” MCHJning Urganch shaharda faoliyat yuritayotgan barcha filiallari xodimlari ishtirok etishdi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-2647-sonli qarori talablariga rioya etilishi yuzasidan hamda О‘zbekiston Respublikasining “О‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan maxsus komissiya”ning 2020 yil 24 iyuldagi 37-sonli bayoni 9-bandi ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berib о‘tildi.
Shuningdek, Agentlik tomonidan aholining xabardorligini oshirish maqsadida, mamlakatimizda sotilayotgan dori-darmonlarning eng yuqori narxlari tо‘g‘risida ma’lumot olish imkonini beruvchi yaratilgan @dorinarx_bot telegramm botining iste’molchilarga bir qator qulayliklar yaritilganligi yuzasidan mahalliy OAVda chiqishlar qilindi.
Agentlikning 2020 yil 4 dekabrdagi 779/2-01-sonli qо‘shma topshirig‘i yuzasidan
Hududiy boshqarma tomonidan, “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining Xiva shahar huquqiy maslahat byurosi bilan birgalikda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda xuquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish tо‘g‘risida”gi PF-5618-sonli va 2019 yil 11 sentabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institusional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-5817-son Farmonlari ijrosini ta’minlash, hamda aholini savdo va xizmat kо‘rsatish hamda dori vositalarining chakana savdosi masalalarida qonunchilik xujjatlari bilan belgilangan xaq-xuquqlari xaqida xabardor qilish, bu sohada mavjud, muammolar va ularning huquqiy yechimi yuzasidan iste’molchilarning bilimi va savodxonligini oshirish maqsadida “8 dekabr – О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni”ga bag‘ishlangan seminar о‘tkazildi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish bо‘yicha
Joriy yil davomida “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish tо‘g‘risida”gi Qonuni va qonunosti hujjatlari talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshirish va о‘rganish ishlari о‘tkazilib, о‘rganishlar natijasi bо‘yicha 30 ta qonunbuzar subyektlar nisbatan vakolat doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2005 yil 5 oktabrdagi 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida ish qо‘zg‘atilib, qonunbuzilishlarni bartaraf qilish va qayta takrorlamaslik yuzasidan muddatli Kо‘rsatmalar berildi.
Qonunbuzilish sodir qilgan subyektlar tomonidan 2640,37 mln.sо‘m miqdorida oshiqcha mablag‘ olinganligi aniqlanib, ushbu mablag‘larni iste’molchilarga qaytarish bо‘yicha muddali kо‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, qonunbuzilishlarga yо‘l qо‘ygan 12 nafar mansabdor shaxs tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilinganligi uchun, О‘zbekiston Respublikasi MJtKga asosan choralar kо‘rildi.
Hududiy boshqarmaga iste’molchilar tomonidan qilingan
murojaatlar tahlili va bu borada amalga oshirilgan ishlar
Hududiy boshqarmaga iste’molchilar tomonidan hisobot davrida 903 ta ariza kelib tushgan. Ushbu arizalarning 101 tasi hududiy boshqarmaga qilingan murojaatlar, 29 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali qilingan murojaatlar, 204 tasi ishonch telefoni orqali, 208 tasi agentlik orqali, 4 tasi agentlik tomonidan о‘tkazilgan sayyor qabulda 357 tasi hududiy boshqarma tomonidan о‘tkazilgan sayyor qabulda qilingan murojaatlardir.
Ushbu 903 ta murojaatlarni sohalar bо‘yicha tahlil qilinganda,
619 tasi uy-joy, komunal va transport xizmatlar (68,5 foiz), 137 ta savdo va umumiy ovqatlanish (15,2 foiz), 90 ta aloqa va ijtimoiy xizmatlar
(10,0 foiz), 57 tasi reklama va boshqa sohalarga (6,6 foiz) tо‘g‘ri keladi.
Ushbu murojaatlarning о‘rganish natijasida 225 mln 462 ming sо‘m miqdorida mablag‘ iste’molchilarga qayta hisob - kitob qilindi.
Agentlikning 2020 yil 08 oktabrdagi 01-03/2727-sonli topshirig‘i bо‘yicha
Hududiy boshqarma tomonidan, О‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qо‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligining topshirig‘iga asosan Xorazm viloyatida aholidan chiqindilarni olib chiqish xizmati bilan shug‘ullanuvchi “Toza hudud” DUK tomonidan kо‘rsatilayotgan xizmatlar о‘rganib tahlil qilindi.
О‘tkazilgan о‘rganishlar davomida 2020 yilning 6 oyi davomida Xorazm viloyati “Toza hudud” DUK tomonidan aholidan olib chiqib ketilgan maishiy chiqindilar miqdori va ularning narxlari ma’lumot olish yо‘li orqali о‘rganib tahlil qilib chiqildi.
Xorazm viloyati hokimining 2020 yil 28 fevraldagi 81q-sonli qaroriga asosan bir kishi uchun bir kunda xizmat kо‘rsatish normasi 0,75 kilogramm (750 gr) tasdiqlangan bо‘lib, 2019 yil 16 martdagi 146q sonli qarori bilan bir kishi uchun bir oyga 2300 sо‘m tarif belgilangan.
Mazkur meyorlar о‘rganilib, hisoblab chiqilganda 1 kilogramm uchun aholi jon boshiga 102,2 sо‘mdan tо‘g‘ri kelishi ma’lum bо‘ldi. Viloyat “Toza hudud” DUK tomonidan olingan ma’lumotlarga asosan, tanlanma ravishda Xonqa hamda Yangiariq tumanlarida mahallalar kesimida aholidan maishiy chiqindilarning olib chiqib ketilishi о‘rganilganda quyidagilar ma’lum bо‘ldi.
Ushbu kо‘rsatkichlar bо‘yicha Xonqa tumanidagi barcha mahallalari tahlil qilib о‘rganildi va tuman bо‘yicha bir oyda jami 147 866,7 kilogramm
15 111 977 sо‘mlik, olti oyda 90 671 860 sо‘mlik kо‘rsatilmagan xizmatlar uchun xaq olinganligi ma’lum bо‘ldi.
Bundan tashqari, Yangiariq tumanida chiqindi olib chiqilishi holati о‘rganilganda, huddi shu kamchiliklarga yо‘l qо‘yilganligi aniqlandi. Yangiariq tumanidagi barcha mahallalar tahlil qilib о‘rganilganda bir oy davomida jami 513 839 kilogramm (52 514 295 sо‘mlik) chiqindi kam olib chiqilgan bо‘lib, olti oy davomida 315 085 768 sо‘mlik kо‘rsatilmagan xizmatlar uchun xaq olinganligi ma’lum bо‘ldi.
Xonqa va Yangiariq tumanlari mahallarida joriy yilning 6 oyi davomida chiqindilarni olib chiqib ketish holati о‘rganilganda jami 405 757 628 sо‘mlik kо‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olinganligi ma’lum bо‘ldi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Xorazm viloyati “Toza hudud” DUK tomonidan О‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish tо‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasi, 2-qismi talabiga rioya qilinmaganligi ma’lum bо‘ldi.
Shu sababli, hududiy boshqarma tomonidan Xorazm viloyati “Toza hudud” DUKga nisbatan ish qо‘zg‘atilib, iste’molchilar bilan qayta hisob-kitob qilish bо‘yicha 20.11.2020 yil 09-09/17-sonli Kо‘rsatma berildi.
V. Reklama faoliyatini tartibga solish bо‘yicha amalga oshirilgan ishlar bо‘yicha
Agentlikning 22.06.2020 yildagi 01-06/1478-sonli topshirig‘i
О‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qо‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan Xorazm viloyati hududida faoliyat yuritayotgan https://t.me/URGANCHSHAROB telegram tarmog‘i orqali joylashtirilayotgan ma’lumotlar reklama tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan о‘rganish о‘tkazilgan.
О‘tkazilgan о‘rganishda, ushbu telegram tarmog‘i orqali alkogolli mahsulotlar foto suratlari mavjudligi kuzatildi. Bu yuzadan “URGANCH SHAROB” AJdan sо‘rov yо‘li bilan olingan ma’lumotlarga kо‘ra, ijtimoiy tarmoqda tashkil etilgan https://t.me/URGANCHSHAROB telegram tarmog‘i (gruppasi) “Urganch Sharob”AJ boshqaruv savdo shahobchalari xodimlari tomonidan tashkil qilinganligi va telegram tarmog‘idagi gruppa faoliyati tugatildi va О‘zbekiston Respublikasi “Reklama tо‘g‘risida”gi Qonuni talablari tushuntirildi va qonun buzulish holatlari bartaraf qilindi.
Agentlikning 06.07.2020 yildagi 01-06/1734-sonli topshirig‘i
Hududiy boshqarma tomonidan, ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, bosma nashrlar), internet va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilayotgan reklama axborotlarining О‘zbekiston Respublikasi “Reklama tо‘g‘risida”gi qonuni va qonunosti hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan о‘rganish ishlari о‘tkazildi.
О‘tkazilgan о‘rganishlar jarayonida Xorazm viloyati hududida faoliyat olib borayotgan https://t.me/aroksharob telegram gruppasi orqali alkogol mahsulotlari foto suratlari joylanganligi va ushbu telegram kanali “Murodbek Maqsudbek Dilafruz” MCHJ tomonidan ochilganligi kuzatildi. Bu yuzadan MCHJ raxbariga О‘zbekiston Respublikasi “Reklama tо‘g‘risida”gi qonuni bо‘yicha og‘zaki ravishda tushuntirildi va tushuntirish xati olinib telegram gruppasi faoliyati tugatildi.
Agentlikning 2020 yil 04 fevraldagi 01-06/343-sonli topshirig‘i
Hududiy boshqarma tomonidan mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida, 2020 yil 1 fevral holatiga avtomashinalarni ijaraga berish yoki keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sifatida davlat rо‘yxatidan о‘tgan (IFUT: 71100, 71210) viloyatimiz hududidagi barcha xо‘jalik yurituvchi subyektlar rо‘yxati shakllantirildi.
Davlat xizmatlari markazi, Davlat soliq boshqarmalaridan olingan ma’lumotlarga asosan, shu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xо‘jalik yurituvchi subyektlarga reklama tо‘g‘risidagi qonun xujjatlari talablariga muofiqligi yuzasidan sо‘rov xatlari yuborilib о‘rganish ishlari о‘tkazildi.
О‘tkazilgan о‘rganish natijalariga kо‘ra, viloyatdagi avtomobillarni lizing, ijara, bо‘lib-bо‘lib tо‘lash sharti bilan sotish xizmatlarini kо‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan reklamalar berilmaganligi va reklama tо‘g‘risidagi qonun xujjatlari talablari buzilmaganligi ma’lum bо‘ldi.
Agentlikning 27.02.2020 yildagi 01-06/561-sonli topshirig‘i
Hududiy boshqarma tomonidan Agentlikning “Piyoda keeling!”, “Mehmonimiz bo’ling va Qimmatbaho MEBEL YUTIB OLING!”, soklarining “Och va yutib ol!”, “Utoli jajdu i viigray million”, “Kutib oling, Malibu yutib oling!” va boshqa shu kabi bо‘rttiruvchi va iste’molchilarni chalg‘ituvchi iboralardan foydalanmaslik hamda О‘zbekiston Respublikasi “Reklama tо‘g‘risida”gi qonuni va qonunosti hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan tayyorlangan rasmiy tushuntirish xati ommaviy axborot vositalari, reklama tarqatuvchilar va reklama agentliklariga yetkazildi.
Agentlikning 14.07.2020 yildagi 01-06/1709-sonli topshirig‘i
Hududiy boshqarma tomonidan Agentlikning 2020 yil 14 iyuldagi
01-06/1709 sonli topshirig‘ini bajarish maqsadida respublikamizda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida “Covid-19” test tahlillari olinganligi tо‘g‘risida ma’lumotnomalar talab etilayotgan sharoitda bunday tahlillarni о‘tkazuvchi tibbiyot muassasalari reklamalarini amalga oshirishda qonun hujjatlarida belgilab qо‘yilgan talablarga qat’iy rioya etilishi yuzasidan agentlik tomonidan tayyorlangan tushuntirish xati viloyatdagi ommaviy axborot vositalari, reklama agentliklariga tarqatildi.
Agentlikning 28.07.2020 yildagi 01-06/1817-sonli topshirig‘i
Hududiy boshqarma tomonidan Agentlikning 01-06/1817 sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Agentlikning 22.07.2020 yildagi 01-06/1785-sonli turli zararli mikrob va viruslarni yо‘q, qilishda birlamchi yordam vositasi sifatida qо‘llaniladigan qо‘l uchun antiseptik vositalar sifatida qо‘llaniladigan qо‘l uchun antiseptik vositalar reklamasida – “bakteriyalarni 99,9 foiz yо‘q qiladi”, “antibakterialnoye”, “universalniy sprey ANTISEPTICHESKI, unichtojayet bakterii 99,9%,” “Antiseptik ubivayet 99,9% mikrobov”, “effektivno ochishayet koju ruk ot bakteriy na 99,9%”, “Antiseptik 99,9% virus, bakteriya va mikroblarni о‘ldiradi”, “zashita na 99,9%” va boshqa shu kabi bо‘rtiruvchi va iste’molchilarni chalg‘ituvchi iboralardan foydalanmaslik hamda О‘zbekiston Respublikasi “Reklama tо‘g‘risida”gi qonuni va qonunosti hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan tayyorlangan rasmiy tushuntirish xati ommaviy axborot vositalari, reklama tarqatuvchilar va reklama agentliklariga yetkazildi.
Agentlikning 30.09.2020 yildagi 01-06/2569-sonli topshirig‘i
О‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qо‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining ushbu topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati hududida faoliyat yuritayotgan https://t.me/Xorazimliklar telegram tarmog‘i orqali joylashtirilayotgan ma’lumotlar reklama tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan о‘rganish о‘tkazilgan.
О‘tkazilgan о‘rganishda, ushbu telegram tarmog‘i orqali STUDY IN KAZAKHSTAN kompaniyasi yordamida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston universitetlarining talabasi bо‘ling nomli reklamasi “Reklama tо‘g‘risida”gi qonun hujjatlari talablariga mos emasligi kuzatildi.
Yuqoridagilar kelib chiqib, reklama tarqatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha xо‘jalik yurituvchi subyektlariga reklama tarqatilishida “Reklama tо‘g‘risida”gi qonuniga va qonunosti hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan ogohlantirish xatlari taqdim qilindi hamda https://t.me/Xorazimliklar telegram kanalida STUDY IN KAZAKHSTAN kompaniyasi yordamida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston universitetlarining talabasi bо‘ling nomli reklamasi olib tashlangan.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil
20 fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish tо‘g‘risida”gi qarori ijrosi bо‘yicha
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish tо‘g‘risida”gi 2020 yil 20 fevraldagi 104-sonli qarori qabul qilingan bо‘lib, mazkur qaror ijrosini sifatli va tо‘liq bajarilishini ta’minlash maqsadida, viloyat hokimining 25 fevraldagi 76k-sonli qaroriga asosan tumanlar (shaharlar) kesimida maxsus ishchi guruhlar tuzildi.
Mazkur ishchi guruh bilan birgalikda, asosan viloyatda joylashgan tashqi reklama vositlari xatlov о‘tkazilib, xо‘jalik yurituvchi subyektlari va mahalliy hokimiyatga tegishli jami 359 ta tashqi reklama qonstruksiyasi aniqlangan.
Aniqlangan jami 359 ta tashqi reklama konstruksiyasidan qaror talablariga moslashtiriladigan va demontaj qilinishi lozim bо‘lgan 131 ta tashqi reklama konstruksiyasiga jami 52 ta kо‘rsatma berilgan.
Bundan tashqari, bugungi kunda qaror talbalriga moslashtirish hamda demontaj qilish lozim bо‘lgan jami 36 ta konstruksiyalar tadbirkorlik subyektlari tomonidan tegishli ishlar amalga oshirish choralari kо‘rilmoqda.
Bundan tashqari, hududiy boshqarmaning Reklama faoliyatini tartib solish bо‘limi tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish tо‘g‘risida”gi qarori
104-sonli qarori hamda bu borada Xorazm viloyat hokimining 25 fevralda
76k-sonli qarorilarni mazmun moxiyatini tushuntirish maqsadida joriy yilning 17-mart kuni Xorazm teleradiokompaniyasida va 18 mart kuni “S-Iqbol” telekanalida chiqish qilingan hamda “IQBOL FM” radiosi orqali 13 mart kuni xabarlar dasturi orqali 3 marotaba efirga berilgan.
Shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020 yil 20 fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish tо‘g‘risida”gi 104-sonli qarori va viloyat hokimining 25 fevraldagi 76k-sonli qarorining
4-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, tashqi reklama obyektlariga (konstruksiyalariga) tashqi reklama joylashtirish uchun yig‘im miqdori, xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan belgilanishi qayd qilingan.
Shunga asosan, tashqi reklama obyektlariga (konstruksiyalariga) tashqi reklama joylashtirish uchun yig‘im miqdorlarini tasdiqlanishi uchun joriy yilning 4 sentabr kuni 15 sessiyasida kо‘rib chiqilib, Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining Xorazm viloyatida tashqi reklama obyektlariga tashqi reklama joylashtirish uchun yig‘im miqdorini belgilash tо‘g‘risida
15-58-sonli qarori qabul qilindi va yig‘imlar tasdiqlandi.
VI. Iste’molchilarning murojaatlari bilan ishlash va ularning tahlili.
Hududiy boshqarmaga iste’molchilar tomonidan hisobot davrida 593 ta ariza kelib tushgan. Ushbu arizalarning 124 tasi hududiy boshqarmaga qilingan murojaatlar, 58 tasi virtual qabulxonasi orqali qilingan murojaatlar, 244 tasi ishonch telefoni orqali, 167 tasi qо‘mita va agentlik orqali, qabul qilingan murojaatlardir.
VII. Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar bо‘yicha.
Hududiy boshqarma xodimlari tomonidan hisobot davrida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali jami 210 marotaba chiqishlar qilingan.
Jumladan, Televideniye va radioda 47 marotaba, Bosma OAV (gazeta, jurnallar)da 26 marotaba, Elektron OAV da 137 marotaba, Idora tizimida murojaatlar bilan ishlash holati borasida jamoatchilik fikrini о‘rganish bо‘yicha 28 marotaba tadbirlar о‘tkazilgan.